Maxfiylik siyosati

1. Umumiy qoidalar

Ushbu shaxsga doir ma'lumotlarni qayta ishlash siyosati O'zbekiston Respublikasining 2019-yil 2-iyuldagi "Shaxsga doir ma'lumotlar to'g'risida"gi ZRU-547-sonli Qonuni (keyingi o'rinlarda — Shaxsga doir ma'lumotlar to'g'risidagi Qonun) talablariga muvofiq tuzilgan bo'lib, "Chopar delivery" MChJ (keyingi o'rinlarda — Operator) tomonidan shaxsga doir ma'lumotlarni qayta ishlash tartibini va shaxsga doir ma'lumotlar xavfsizligini ta'minlash bo'yicha ko'riladigan choralarni belgilaydi.

1.1. Operatorning shaxsga doir ma'lumotlarni qayta ishlashga oid ushbu siyosati (keyingi o'rinlarda — Siyosat) Operator https://choparpizza.uz/ veb-sayti tashrif buyuruvchilari haqida olishi mumkin bo'lgan barcha ma'lumotlarga nisbatan qo'llaniladi.

1.2. Subyekt/Foydalanuvchi tomonidan Operatorning Xizmatidan foydalanish Subyekt/Foydalanuvchining ushbu Siyosatga va unda ko'rsatilgan o'z shaxsga doir ma'lumotlarini qayta ishlash shartlariga so'zsiz roziligini bildiradi; ushbu shartlarga rozi bo'lmagan taqdirda, Foydalanuvchi ushbu Siyosatda ko'rsatilgan Xizmatlardan foydalanishdan tiyilishi lozim.

2. Siyosatda qo'llaniladigan asosiy tushunchalar

2.1. Shaxsga doir ma'lumotlarni avtomatlashtirilgan tarzda qayta ishlash — shaxsga doir ma'lumotlarni hisoblash texnikasi vositalari yordamida qayta ishlash.

2.2. Shaxsga doir ma'lumotlarni bloklash — shaxsga doir ma'lumotlarni qayta ishlashni vaqtincha to'xtatish (qayta ishlash shaxsga doir ma'lumotlarni aniqlashtirish uchun zarur bo'lgan hollar bundan mustasno).

2.3. Veb-sayt — grafik va axborot materiallari, shuningdek elektron hisoblash mashinalari uchun dasturlar va ma'lumotlar bazalari majmui bo'lib, ularning https://choparpizza.uz/ tarmoq manzili bo'yicha internet tarmog'ida ochiqligini ta'minlaydi.

2.4. Shaxsga doir ma'lumotlarning axborot tizimi — ma'lumotlar bazalarida mavjud bo'lgan shaxsga doir ma'lumotlar hamda ularni qayta ishlashni ta'minlovchi axborot texnologiyalari va texnik vositalar majmui.

2.5. Shaxsga doir ma'lumotlarni shaxssizlantirish — natijasida qo'shimcha ma'lumotlardan foydalanmasdan shaxsga doir ma'lumotlarning muayyan Foydalanuvchiga yoki shaxsga doir ma'lumotlarning boshqa subyektiga tegishliligini aniqlash imkonsiz bo'lib qoladigan harakatlar.

2.6. Shaxsga doir ma'lumotlarni qayta ishlash — shaxsga doir ma'lumotlar bilan avtomatlashtirish vositalaridan foydalangan holda yoki bunday vositalardan foydalanmasdan amalga oshiriladigan har qanday harakat (operatsiya) yoki harakatlar (operatsiyalar) majmui bo'lib, shaxsga doir ma'lumotlarni yig'ish, qayd etish, tizimlashtirish, jamlash, saqlash, aniqlashtirish (yangilash, o'zgartirish), olib chiqish, foydalanish, uzatish (tarqatish, taqdim etish, kirish), shaxssizlantirish, bloklash, o'chirish, yo'q qilishni o'z ichiga oladi.

2.7. Shaxsga doir ma'lumotlar operatori — Subyekt/Foydalanuvchining shaxsga doir ma'lumotlarini, Subyekt/Foydalanuvchining oferti (buyurtmasi) bo'yicha muayyan xizmatlarni ko'rsatish yuzasidan qayta ishlovchi "Chopar delivery" MChJ.

2.8. Shaxsga doir ma'lumotlar — https://choparpizza.uz/ veb-saytining muayyan yoki aniqlanadigan Subyekt/Foydalanuvchisiga (keyingi o'rinlarda "Subyekt", "Foydalanuvchi" yoki "Subyekt/Foydalanuvchi") bevosita yoki bilvosita taalluqli bo'lgan har qanday ma'lumot.

2.9. Foydalanuvchi — https://choparpizza.uz/ veb-saytining har qanday tashrif buyuruvchisi.

3. Operatorning asosiy huquq va majburiyatlari

3.1. Operator quyidagi huquqlarga ega:

— shaxsga doir ma'lumotlar subyektidan shaxsga doir ma'lumotlarni o'z ichiga olgan ishonchli ma'lumot va/yoki hujjatlarni olish;

— shaxsga doir ma'lumotlar subyekti shaxsga doir ma'lumotlarni qayta ishlashga roziligini qaytarib olgan taqdirda, Operator Shaxsga doir ma'lumotlar to'g'risidagi Qonunda ko'rsatilgan asoslar mavjud bo'lganda shaxsga doir ma'lumotlar subyektining roziligisiz shaxsga doir ma'lumotlarni qayta ishlashni davom ettirish huquqiga ega;

— agar Shaxsga doir ma'lumotlar to'g'risidagi Qonunda yoki O'zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo'lsa, Shaxsga doir ma'lumotlar to'g'risidagi Qonunda va unga muvofiq qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan majburiyatlarning bajarilishini ta'minlash uchun zarur va yetarli bo'lgan choralarning tarkibi va ro'yxatini mustaqil ravishda belgilash.

3.2. Operator quyidagilarga majbur:

— shaxsga doir ma'lumotlar subyektiga uning iltimosiga ko'ra uning shaxsga doir ma'lumotlarini qayta ishlashga oid ma'lumotni taqdim etish;

— shaxsga doir ma'lumotlarni qayta ishlashni O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashkil etish;

— shaxsga doir ma'lumotlar subyektlari va ularning qonuniy vakillarining murojaatlari va so'rovlariga O'zbekiston Respublikasining "Shaxsga doir ma'lumotlar to'g'risida"gi Qonuni talablariga muvofiq javob berish;

— shaxsga doir ma'lumotlar subyektlarining huquqlarini himoya qilish bo'yicha vakolatli organga, ushbu organning so'roviga ko'ra, zarur ma'lumotni qonun hujjatlarida belgilangan muddatda taqdim etish;

— shaxsga doir ma'lumotlarni qayta ishlashga oid ushbu Siyosatga cheklanmagan kirishni e'lon qilish yoki boshqa tarzda ta'minlash;

— shaxsga doir ma'lumotlarni g'ayriqonuniy yoki tasodifiy kirishdan, yo'q qilishdan, o'zgartirishdan, bloklashdan, nusxalashdan, taqdim etishdan, tarqatishdan, shuningdek shaxsga doir ma'lumotlarga nisbatan boshqa g'ayriqonuniy harakatlardan himoya qilish uchun huquqiy, tashkiliy va texnik choralarni ko'rish;

— shaxsga doir ma'lumotlarni uzatishni (tarqatish, taqdim etish, kirish) to'xtatish, qayta ishlashni to'xtatish va shaxsga doir ma'lumotlarni O'zbekiston Respublikasining "Shaxsga doir ma'lumotlar to'g'risida"gi Qonunida nazarda tutilgan tartibda va hollarda yo'q qilish;

— O'zbekiston Respublikasining "Shaxsga doir ma'lumotlar to'g'risida"gi Qonunida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarni bajarish.

4. Shaxsga doir ma'lumotlar subyektlarining asosiy huquq va majburiyatlari

4.1. Shaxsga doir ma'lumotlar subyektlari quyidagi huquqlarga ega:

- mulkdorda va (yoki) operatorda, shuningdek uchinchi shaxsda o'zining shaxsga doir ma'lumotlari mavjudligi va ularning tarkibi to'g'risida bilish;

- mulkdor va (yoki) operatordan shaxsga doir ma'lumotlarni qayta ishlash to'g'risidagi ma'lumotni so'rov bo'yicha olish;

- mulkdor va (yoki) operatordan o'zining shaxsga doir ma'lumotlariga kirishni ta'minlash shartlari to'g'risidagi ma'lumotni olish;

- o'zining shaxsga doir ma'lumotlariga nisbatan huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalari bo'yicha vakolatli davlat organiga yoki sudga murojaat qilish;

- o'zining shaxsga doir ma'lumotlarini qayta ishlashga rozilik berish va bunday rozilikni qaytarib olish, ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;

- mulkdor va (yoki) operatorga, shuningdek uchinchi shaxsga o'zining shaxsga doir ma'lumotlarini shaxsga doir ma'lumotlarning umumfoydalanishdagi manbalarida tarqatishga rozilik berish;

- shaxsga doir ma'lumotlar to'liq bo'lmagan, eskirgan, noaniq, qonunga xilof ravishda olingan yoki qayta ishlash maqsadlari uchun zarur bo'lmagan taqdirda, mulkdor va (yoki) operatordan o'zining shaxsga doir ma'lumotlarini qayta ishlashni vaqtincha to'xtatib turishni talab qilish.

4.2. Shaxsga doir ma'lumotlar subyektlari quyidagilarga majbur:

— Operatorga o'zi to'g'risida ishonchli ma'lumotlarni taqdim etish;

— Operatorga o'zining shaxsga doir ma'lumotlari aniqlashtirilgani (yangilangani, o'zgartirilgani) to'g'risida xabar berish.

- O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy tuzumi asoslarini, axloqni, fuqarolarning sog'lig'ini, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, mamlakat mudofaasini va davlat xavfsizligini ta'minlash maqsadida o'zining shaxsga doir ma'lumotlarini taqdim etish.

4.3. Operatorga o'zi to'g'risida ishonchsiz ma'lumotlarni, yoki boshqa shaxsga doir ma'lumotlar subyekti to'g'risidagi ma'lumotlarni ushbu subyektning roziligisiz taqdim etgan shaxslar O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo'ladi.

5. Operator Foydalanuvchining quyidagi shaxsga doir ma'lumotlarini qayta ishlashi mumkin

5.1. Familiyasi, ismi, otasining ismi.

5.2. Elektron pochta manzili.

5.3. Telefon raqamlari.

5.4. Shuningdek, saytda tashrif buyuruvchilar haqidagi shaxssizlantirilgan ma'lumotlar yig'iladi va qayta ishlanadi.

5.5. Yuqorida sanab o'tilgan ma'lumotlar Siyosat matnida keyingi o'rinlarda umumiy "Shaxsga doir ma'lumotlar" tushunchasi bilan birlashtiriladi.

6. Shaxsga doir ma'lumotlarni qayta ishlash tamoyillari

6.1. Shaxsga doir ma'lumotlarni qayta ishlash qonuniy va adolatli asosda amalga oshiriladi.

6.2. Shaxsga doir ma'lumotlarni qayta ishlash muayyan, oldindan belgilangan va qonuniy maqsadlarga erishish bilan cheklanadi. Shaxsga doir ma'lumotlarni yig'ish maqsadlariga mos kelmaydigan tarzda qayta ishlashga yo'l qo'yilmaydi.

6.3. Qayta ishlanishi o'zaro bir-biriga mos kelmaydigan maqsadlarda amalga oshiriladigan shaxsga doir ma'lumotlarni o'z ichiga olgan ma'lumotlar bazalarini birlashtirishga yo'l qo'yilmaydi.

6.4. Faqat ularni qayta ishlash maqsadlariga javob beradigan shaxsga doir ma'lumotlargina qayta ishlanishi lozim.

6.5. Qayta ishlanayotgan shaxsga doir ma'lumotlarning mazmuni va hajmi qayta ishlashning e'lon qilingan maqsadlariga mos keladi. Qayta ishlanayotgan shaxsga doir ma'lumotlarning ularni qayta ishlashning e'lon qilingan maqsadlariga nisbatan ortiqcha bo'lishiga yo'l qo'yilmaydi.

6.6. Shaxsga doir ma'lumotlarni qayta ishlashda shaxsga doir ma'lumotlarning aniqligi, ularning yetarliligi, zarur hollarda esa shaxsga doir ma'lumotlarni qayta ishlash maqsadlariga nisbatan dolzarbligi ta'minlanadi. Operator to'liq bo'lmagan yoki noaniq ma'lumotlarni o'chirish yoki aniqlashtirish bo'yicha zarur choralarni ko'radi va/yoki ularning ko'rilishini ta'minlaydi.

6.7. Shaxsga doir ma'lumotlarni saqlash, agar shaxsga doir ma'lumotlarni saqlash muddati O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida, shaxsga doir ma'lumotlar subyekti tomoni, manfaatdor shaxsi yoki kafili bo'lgan shartnomada belgilanmagan bo'lsa, shaxsga doir ma'lumotlar subyektini aniqlash imkonini beradigan shaklda, shaxsga doir ma'lumotlarni qayta ishlash maqsadlari talab qilganidan ko'proq bo'lmagan muddatda amalga oshiriladi. Qayta ishlanayotgan shaxsga doir ma'lumotlar, agar O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo'lsa, qayta ishlash maqsadlariga erishilganda yoki ushbu maqsadlarga erishish zarurati yo'qolganda yo'q qilinadi yoxud shaxssizlantiriladi.

7. Shaxsga doir ma'lumotlarni qayta ishlash maqsadlari

7.1. Foydalanuvchining shaxsga doir ma'lumotlarini qayta ishlash maqsadi:

7.1.1. Operator tomonidan Xizmatni taqdim etish va xizmatlar ko'rsatish hamda Subyekt/Foydalanuvchining ofertini bajarish (akseptlash) maqsadida Operator Subyekt/Foydalanuvchining shaxsga doir ma'lumotlaridan quyidagi maqsadlarda foydalanadi:

- oferta doirasida Subyekt/Foydalanuvchini identifikatsiya qilish;

- Foydalanuvchiga shaxsiylashtirilgan Xizmatlarni taqdim etish;

- Foydalanuvchi bilan aloqa qilish, shu jumladan Xizmatdan foydalanish, xizmatlar ko'rsatishga oid xabarnomalar, so'rovlar va ma'lumotlarni yuborish, shuningdek Foydalanuvchidan kelgan so'rov va arizalarni qayta ishlash;

- Xizmat sifatini, undan foydalanish qulayligini yaxshilash, yangi Xizmatlar va xizmatlarni ishlab chiqish;

- o'z mahsulot va xizmatlarini reklama qilish;

- taqdim etilgan ma'lumotlar asosida statistik va boshqa tadqiqotlarni o'tkazish.

7.2. Operator Foydalanuvchiga yangi mahsulot va xizmatlar, maxsus takliflar va turli tadbirlar to'g'risida xabarnomalar yuborish huquqiga ega. Shu bilan birga, Foydalanuvchi har doim Operatorga info@choparpizza.uz elektron pochta manziliga "Yangi mahsulot va xizmatlar hamda maxsus takliflar haqidagi xabarnomalardan voz kechish" degan belgi bilan xat yuborish orqali axborot xabarlarini olishdan voz kechishi mumkin.

7.3. Internet-statistika xizmatlari yordamida yig'iladigan Foydalanuvchilarning shaxssizlantirilgan ma'lumotlari Foydalanuvchilarning saytdagi harakatlari to'g'risida ma'lumot yig'ishga, sayt va uning mazmuni sifatini yaxshilashga xizmat qiladi.

8. Shaxsga doir ma'lumotlarni qayta ishlash shartlari

8.1. Shaxsga doir ma'lumotlarni qayta ishlash shaxsga doir ma'lumotlar subyektining o'z shaxsga doir ma'lumotlarini qayta ishlashga roziligi bilan amalga oshiriladi.

8.2. Shaxsga doir ma'lumotlarni qayta ishlash O'zbekiston Respublikasining "Shaxsga doir ma'lumotlar to'g'risida"gi Qonuni bilan yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun zarur.

9. Shaxsga doir ma'lumotlarni yig'ish, saqlash, uzatish va qayta ishlashning boshqa turlari tartibi

Operator tomonidan qayta ishlanadigan shaxsga doir ma'lumotlarning xavfsizligi O'zbekiston Respublikasining shaxsga doir ma'lumotlarni himoya qilish sohasidagi amaldagi qonun hujjatlari talablarini to'liq hajmda bajarish uchun zarur bo'lgan huquqiy, tashkiliy va texnik choralarni amalga oshirish yo'li bilan ta'minlanadi.

9.1. Operator shaxsga doir ma'lumotlarning saqlanishini ta'minlaydi va shaxsga doir ma'lumotlarga vakolatsiz shaxslarning kirishini istisno etadigan barcha mumkin bo'lgan choralarni ko'radi.

9.2. Foydalanuvchining shaxsga doir ma'lumotlari, O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlarini bajarish bilan bog'liq hollar bundan mustasno, yoxud shaxsga doir ma'lumotlar subyekti fuqarolik-huquqiy shartnoma bo'yicha majburiyatlarni bajarish uchun ma'lumotlarni uchinchi shaxsga uzatishga Operatorga rozilik bergan taqdir bundan mustasno, hech qachon, hech qanday sharoitda uchinchi shaxslarga uzatilmaydi.

9.3. Shaxsga doir ma'lumotlarda noaniqliklar aniqlangan taqdirda, Foydalanuvchi ularni Operatorga uning info@choparpizza.uz elektron pochta manziliga "Shaxsga doir ma'lumotlarni dolzarblashtirish" degan belgi bilan xabarnoma yuborish orqali mustaqil ravishda dolzarblashtirishi mumkin.

9.4. Shaxsga doir ma'lumotlarni qayta ishlash muddati, agar boshqa muddat shartnomada yoki amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan bo'lsa, shaxsga doir ma'lumotlar yig'ilgan maqsadlarga erishish bilan belgilanadi.
Foydalanuvchi istalgan vaqtda Operatorga uning info@choparpizza.uz elektron pochta manziliga elektron pochta orqali "Shaxsga doir ma'lumotlarni qayta ishlashga rozilikni qaytarib olish" degan belgi bilan xabarnoma yuborib, shaxsga doir ma'lumotlarni qayta ishlashga roziligini qaytarib olishi mumkin.

9.5. Uchinchi tomon xizmatlari, shu jumladan to'lov tizimlari, aloqa vositalari va boshqa xizmat ko'rsatuvchilar tomonidan yig'iladigan barcha ma'lumotlar ushbu shaxslar (Operatorlar) tomonidan o'zlarining Foydalanuvchi kelishuvi va Maxfiylik siyosatiga muvofiq saqlanadi va qayta ishlanadi. Shaxsga doir ma'lumotlar subyekti va/yoki Foydalanuvchi ushbu hujjatlar bilan mustaqil ravishda va o'z vaqtida tanishishi shart. Operator uchinchi shaxslarning, shu jumladan ushbu bandda ko'rsatilgan xizmat ko'rsatuvchilarning harakatlari uchun javobgar emas.

9.6. Shaxsga doir ma'lumotlar subyekti tomonidan belgilangan, tarqatishga ruxsat etilgan shaxsga doir ma'lumotlarni uzatishga (kirishni ta'minlashdan tashqari), shuningdek qayta ishlashga yoki qayta ishlash shartlariga (kirishni olishdan tashqari) taqiqlar, O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan davlat, ijtimoiy va boshqa ommaviy manfaatlarda shaxsga doir ma'lumotlarni qayta ishlash hollarida amal qilmaydi.

9.7. Operator shaxsga doir ma'lumotlarni qayta ishlashda shaxsga doir ma'lumotlarning maxfiyligini ta'minlaydi.

9.8. Operator shaxsga doir ma'lumotlarni, agar shaxsga doir ma'lumotlarni saqlash muddati O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida, shaxsga doir ma'lumotlar subyekti tomoni, manfaatdor shaxsi yoki kafili bo'lgan shartnomada belgilanmagan bo'lsa, shaxsga doir ma'lumotlar subyektini aniqlash imkonini beradigan shaklda, shaxsga doir ma'lumotlarni qayta ishlash maqsadlari talab qilganidan ko'proq bo'lmagan muddatda saqlaydi.

9.9. Shaxsga doir ma'lumotlarni qayta ishlashni to'xtatish sharti shaxsga doir ma'lumotlarni qayta ishlash maqsadlariga erishish, shaxsga doir ma'lumotlar subyekti roziligi muddatining tugashi yoki shaxsga doir ma'lumotlar subyekti tomonidan rozilikni qaytarib olish, shuningdek shaxsga doir ma'lumotlarning qonunga xilof qayta ishlanganligi aniqlanishi bo'lishi mumkin.

10. Operator tomonidan olingan shaxsga doir ma'lumotlar bilan amalga oshiriladigan harakatlar ro'yxati

10.1. Operator shaxsga doir ma'lumotlarni yig'ish, qayd etish, tizimlashtirish, jamlash, saqlash, aniqlashtirish (yangilash, o'zgartirish), olib chiqish, foydalanish, uzatish (tarqatish, taqdim etish, kirish), shaxssizlantirish, bloklash, o'chirish va yo'q qilishni amalga oshiradi.

10.2. Operator shaxsga doir ma'lumotlarni avtomatlashtirilgan tarzda qayta ishlashni olingan ma'lumotni axborot-telekommunikatsiya tarmoqlari orqali olish va/yoki uzatish bilan yoki busiz amalga oshiradi.

11. Shaxsga doir ma'lumotlarning maxfiyligi

Operator va shaxsga doir ma'lumotlarga kirish huquqini olgan boshqa shaxslar, agar O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo'lsa, shaxsga doir ma'lumotlar subyektining roziligisiz shaxsga doir ma'lumotlarni uchinchi shaxslarga oshkor qilmaslik va tarqatmaslik majburiyatini oladi.

12. Yakuniy qoidalar

12.1. Foydalanuvchi o'zining shaxsga doir ma'lumotlarini qayta ishlashga oid o'zini qiziqtirgan masalalar bo'yicha har qanday tushuntirishlarni info@choparpizza.uz elektron pochtasi orqali Operatorga murojaat qilish orqali olishi mumkin.

12.2. Ushbu hujjatda Operator tomonidan shaxsga doir ma'lumotlarni qayta ishlash siyosatidagi har qanday o'zgarishlar aks ettiriladi. Siyosat yangi versiyasi bilan almashtirilgunga qadar muddatsiz amal qiladi.